Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Xon-Shayxundagi kimyoviy hujum kim tomonidan amalga oshirilganini ma'lum qildi
Suriyaning Idlib viloyatidagi Xon-Shayxun shahriga 2017 yilning 4 aprel kuni yuz bergan kimyoviy hujum Bashar Asad rejimi tarafdorlari tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda BMT va Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot Qo‘shma mexanizmining Xon-Shayxundagi kimyoviy hujum bo‘yicha qo‘shma hisobotida aytiladi. U BMT Xavfsizlik Kengashida taqdim etildi.
Hisobot mualliflarining ko‘rsatishicha, Suriyadagi shaharda yuzdan ortiq tinch aholi vakillari hayotdan ko‘z yumishiga Asad tarafdorlari mas'uldirlar.
Hisobotda ishonch bildirilishicha, «Xon-Shayxunda zarin zaharlovchi gazi Bashar Asad rejimi tomonidan qo‘llangan».
BMT va Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilotning Qo‘shma mexanizmi 2015 yilda Suriyada kimyoviy quroldan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026