Britaniyalik ayol 189 o‘rinli samolyotda bir o‘zi parvoz qildi

Foto: DEADLINE NEWS
Glazgodan Gretsiyaning Krit oroliga amalga oshirilgan oddiy parvoz Keron Griv uchun hayotidagi eng unutilmas sayohatga aylandi. Britaniyalik ayol Jet2 byudjyet aviakompaniyasining 189 o‘rinli laynerining yagona yo‘lovchisi bo‘ldi.
57 yoshli yozuvchi ayol, kulinariya kitoblari muallifi atigi 46 funt sterlingga chipta xarid qilgan, shunday bo‘lsa-da, u to‘rt soatlik parvozni 189 o‘rinli samolyotning VIP-mijozi sifatida o‘tkazgan.
Ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida ayolga mazkur reysga atigi uch kishi talabgor bo‘lganini aytishgan. Biroq kutilgan ikki hamroh nima uchundir aeroportga kelmagan.
Keronning ta'kidlashicha, bortda unga yuqori darajali xizmat ko‘rsatilgan. Havo kemasi komandiri tovushli aloqa orqali unga ismi bilan murojaat qilgan va samolyot qaysi mamlakatlar uzra parvoz qilayotgani haqida so‘zlab bergan. Bundan tashqari, Griv hatto bortdagi tushlik uchun ham pul to‘lamagan.

"Hatto yuklarimni kutishga ham hojat qolmadi - uni naq samolyot zinapoyasining tagiga keltirib berishdi. Shunisi ajablanarliki, qaytishda samolyotning barcha o‘rindiqlari to‘lgan", - deydi Griv jurnalistlarga.
Jet2 — Britaniya aviakompaniya-loukosteri. Buyuk Britaniyaning 10 aeroportidan dunyoning 14 mamlakatiga parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya vakillarining aytishicha, yagona yo‘lovchi uchgan reys mavsumdagi so‘nggi reys bo‘lgan, ekipaj a'zolarining bari yo‘lovchiga VIP-servis taqdim etish imkoniyatidan xursand bo‘lishgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
Mavzuga oid

10:17 / 10.05.2025
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

23:57 / 09.05.2025
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi

11:51 / 09.05.2025
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

21:37 / 08.05.2025