Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Kataloniya mustaqilligini tan olmaydi
Buyuk Britaniya Kataloniya parlamentining mustaqillik haqidagi deklaratsiyasini tan olmaydi. Bu haqda Sky News telekanali mamlakat bosh vaziri Tereza Meyning rasmiy bayonotiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Buyuk Britaniya Kataloniya parlamentining mustaqillik haqidagi bir tomonlama deklaratsiyasini tan olmadi va bundan keyin ham tan olmaydi. Bu deklaratsiya Ispaniya sudi noqonuniy deb topgan referendumga asoslangandir», deyilgan bosh vazirning bayonotida.
Bugun, 27 oktabr kuni Kataloniya parlamenti mintaqa Ispaniyadan mustaqil bo‘lganini rasman tasdiqlaydigan rezolyutsiyani imzoladi. Bir soat vaqt o‘tib Ispaniya Senati Konstitutsiyaning 155-moddasini qo‘llashni ma'qulladi. Bu moddada muxtor hudud mamlakatdagi tartibga daxl qilgan paytda muxtoriyat huquqi to‘xtatilishi belgilangan. Shu tariqa, senat Kataloniya muxtoriyati rahbariyatini hokimiyatdan chetlashtirib, mintaqada Madridning bevosita boshqaruvini joriy etish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Bundan avvalroq AQSh, Germaniya va Ukraina hukumatlari Kataloniyaning bir tomonlama mustaqillik e'lon qilishini Ispaniyaning suverenitetiga va hududiy yaxlitligiga zid deb e'lon qilishgandi.
Mavzuga oid
00:33 / 13.04.2026
Britaniya Ho‘rmuz blokadasida qatnashishdan bosh tortdi – OAV
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026