Jahon | 06:58 / 27.10.2017
4062
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada 9 kishining hayotiga zomin bo‘lgan avtohalokat yuz berdi

Foto: trend.az

26 oktabrda Venesuelaning Guariko shtatida yo‘lovchi avtobusi ishtirokida kamida 9 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar bermoqda Universal portali.

YTH oqibatida yana 28 kishi jarohatlangan. Avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida ag‘darilib ketgan.

Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib borgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid