Foto+video: Toyota Concept-i noan'anaviy transport vositalari safini kengaytirmoqda
Yaponiyaning Toyota avtomobilsozlik kompaniyasi kelajak elektr transport vositalari deb atayotgan bir juft original modellarini namoyish qildi. Mittigina Concept-i Ride elektromobili va 3 g‘ildirakli Concept-i Walk elektrskuteri Concept-i mahsulotlari safini kengaytirdi.
Concept-i Ride — bu uncha katta bo‘lmagan ikki kishilik elektrokar bo‘lib, elektrlmotor bilan jihozlangan. Diqqatga sazovor tomoni mashina imkoniyati cheklangan kishilarga mo‘ljallangan. U maxsus ko‘tarma kranga ega bo‘lib, nogironlar aravachasini ko‘tarib, mashinaga joylaydi. Eshigi esa yuqoriga ochiladi. Elektrli xetchbek 100–150 km masofani ortda qoldiradi. Qiziqarli jihati shundaki, mashina haydovchi sog‘lig‘ini ham nazorat qiladi. Uning toliqqani aniqlansa, mashina muqobil boshqaruvga o‘tadi.
Concept-i Walk — 3 g‘ildirakli elektrli skuter bo‘lib, maxsus dastak vositasida boshqariladi. Bu skuter piyodalar yo‘laklarida harakatlanish uchun ishlab chiqildi. Qurilma piyodalar qadam tashlash tezligiga moslashadi. Gadjyet quvvati 20 kmga yetadi.
Ikki qurilma ham yaqin yillarda shahar sharoitida sinovdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
14:37 / 30.10.2024
Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi ketma-ket sakkizinchi oy pasaydi, sotuvlar ham qisqardi
15:53 / 01.03.2024