Toyota Uzbekistan («Summit Motors Central Asia» MÇJ XK) Özbekistonda mintaqadagi ilk va yagona trening markazini ya’ni Toyota Academy Central Asiani işga tuşirdi. Toyota Akademiyasi xodimlar malakasini oşiriş, mijozlar işonçini mustahkamlaş va barça dilerlik markazlarida xizmat sifatini bir standartga olib çiqişni maqsad qiladi.

Toyota Uzbekistan mamlakat poytaxtida yangi öquv va malaka oşiriş markazi — Toyota akademiyasini oçdi. Yangi loyiha kompaniyaning mijozlarga yanada sifatli va işonçli xizmat körsatiş yölidagi muhim qadami hisoblanadi.

2015 yildan buyon Markaziy Osiyo bozorida faoliyat yuritayotgan Toyota Uzbekistan («Summit Motors Central Asia» MÇJ XK) va Toyota Central Asia bugungi kunda Özbekiston, Tojikiston va Turkmanistonda rasmiy hamda yagona distribyutor sifatida iş olib bormoqda. Kompaniya faoliyati davomida uzoq muddatli işonç, sifat va doimiy rivojlaniş tamoyillariga tayanadi.

Akademiyaning asosiy maqsadi

Toyota akademiyasi — mintaqadagi ilk va yagona trening markazi bölib, u nafaqat texnik bilim beriş, balki xizmat madaniyati, mijoz bilan muloqot, sotuv va boşqaruv könikmalarini ham örgatişga yönaltirilgan.

Loyiha orqali kompaniya barça dilerlik markazlarida xizmat sifatini yagona standart darajasiga olib çiqişni, xodimlar malakasini muntazam oşirişni va eng muhimi — mijozlar işonçini mustahkamlaşni közlamoqda.

Akademiyadagi treninglar zamonaviy jihozlangan laboratoriyalarda ötkaziladi. Bu yerda gibrid texnologiyalar, elektron tizimlar, dvigatel va transmissiya böyiça maxsus amaliy maşğulotlar taşkil etiladi. Bunday yondaşuv mutaxassislarga nazariy bilim bilan birga real iş tajribasini ham beradi.

“Toyota Uzbekistan” boş direktori Hiroki Şukuyaning aytişiça, bu Özbekiston bilan uzoq hamkorlik uçun muhim qadam hisoblanadi: