Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Qozog‘istonda un ishlab chiqarish to‘xtatilishi mumkin
Foto: rostovgazeta.ru
Janubiy Qozog‘iston viloyatida g‘alla biznesi, tegirmonchilar va g‘alla mahsulotlari eksportchilari ishlab chiqarishni to‘xtatish arafasida. Tadbirkorlar katta zarar ko‘rmoqda. Hozirgi vaziyatning sabablari va ko‘rilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar Chimkentdagi matbuot anjumanida muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston OAV.
Ixtisoslashtirilgan g‘alla vagonlarining yetishmasligi mahsulotlar ko‘payib ketayotgani, oluvchi oldida shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik, katta yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Vaziyat banklar oldida kredit majburiyatlari borligi bilan ham murakkablashmoqda. Bundan tashqari, shartnoma bo‘yicha asosiy kontragentlar yaqin va uzoq xorij vakillaridir, shuning uchun zararlar valyutada baholanmoqda.
«Transport xarajatlarining ko‘payishi tufayli ko‘p yillar davomida o‘zlari uchun tashqi bozorlarga yo‘l ochgan qozog‘istonlik tegirmonchilar mushkullik bilan egallagan pozitsiyalaridan mahrum bo‘lishmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, biz O‘zbekistonda un bozorining deyarli 40 foizini, Tojikistonda 30 foizni va Afg‘onistonda 50 foizni yo‘qotdik», - deya aytib o‘tdi «Altin dәn» MChJ direktori Bahrom Abdukarimov.
Matbuot anjumanida yig‘ilgan tadbirkorlar ta'kidlaganlaridek, Janubiy Qozog‘istondagi g‘alla biznesi vakillari uchun vagonlarni yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yildan-yilga oshib bormoqda.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025