Avstraliyalik sportçi Endryu Bogut Milliy basketbol uyuşmasi (NBA) iştirokçisi «Klivlend Kavalers» jamoasi safidagi ilk öyinida oğir jarohat oldi. Uning öng oyoq suyaklari singan.
«Mayami Hit» jamoasiga qarşi öyinning ikkinçi çoragi boşida Bogut raqiblar vakili Okaro Uayt bilan töqnaşgan va maydonni jamoadoşlariga suyangança tark etişga majbur bölgan. Bu vaqtda avstraliyalik sportçi yangi jamoasida endigina 58 soniya ötkazişga ulgurgandi. Uçraşuv «Mayami Hit»ning 106:98 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan.
Avstraliyalik basketbolçi 3 mart kuni «Klivlend» a'zosiga aylangandi. Bunga qadar uşbu 32 yoşli sportçi «Dallas Maveriks» safida öynagan.
//lentaru.media.eagleplatform.com/index/player?player=new&player_template_id=9113&record_id=706882











