Yaponiyaga navbatdagi to‘fon o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda
Yaponiyada "Saola" to‘foni sababli 2 kishi jabr ko‘rdi, 50 dan ko‘proq ichki aviareys bekor qilindi, ommaviy ravishda elektr energiya uzilishlari ro‘y berdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda to‘fon markazidagi shamol tezligi soniyasiga 30 metrni, kuchayganda esa 45 metrni tashkil qilmoqda. "Saola" sharqiy-shimoliy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Taxmin qilinishicha, to‘fon 29 oktabr kechga yaqin Tokio joylashgan hududga yetib boradi.
Mamlakat janubida kuchli shamol tufayli 18 ming xonadon elektr energiyasiz qoldi. Eng katta ko‘lamli elektr energiya uzilishlari Kyusyu orolidagi Kagosima va Miyadzaki prefekturalarida kuzatilmoqda.
Tabiiy ofat Kyusyu va Okinava orollarini mamlakatning qolgan hududlari bilan bog‘lovchi 53 ta ichki aviareysning bekor qilinishiga olib keldi.
Mavzuga oid
20:50 / 14.11.2024
Filippinga «Usagi» to‘foni yopirildi
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
22:16 / 11.11.2024