Sport | 22:34 / 29.10.2017
5390
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv»​ «Zenit»​ ustidan g‘alaba qozonib, chempionat peshqadamiga aylandi

Foto: Aleksandr Demyanchuk/TASS

Moskvaning «Lokomotiv»​ jamoasi «Zenit»​ darvozasiga uchta javobsiz gollarni yo‘llab, muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Rossiya futbol chempionatida 15-turdan so‘ng, «Lokomotiv»​ jadvalda ikkinchi o‘rinda qolgan «Zenit»dan 4 ochko farqi bilan​ yakka peshqadamga aylandi.

Mehmonda o‘tgan uchrashuvda Jyefferson Farfan (58 va 69 daqiqada) hamda Aleksey Miranchuk (77’) mezbonlar darvozasini ishg‘ol etdi. «Sankt-Peterburg»​ maydonida o‘tgan uchrashuvga 45829 futbol ishqibozlari tushgan bo‘lib, «Zenit»​​ning ketma-ket to‘rtinchi marta mag‘lubiyatiga guvoh bo‘lishdi.

«Lokomotiv»​ birinchi marta 2005 yil hech qanday jamoaga mag‘lub bo‘lmay, 33 ochko bilan chempionatni muvaffaqiyatli yakunlangandi. Temiryo‘lchilar «Zenit»​ni ilk marta mehmonda 2004 yili mag‘lub qilgan bo‘lsa, 13 yil avvalgi o‘sha o‘yinda ikkita javobsiz gol kiritilgan.

5 noyabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan keyingi turda temiryo‘lchilar TsSKAga, «Zenit»​ esa «​Rubin»​ futbolchilariga qarshi maydonda to‘p suradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid