Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori O‘zbekistonga kelmoqda
BMT bosh kotibining o‘rinbosari va BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori Yuriy Fedotov 31 oktabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Fedotov Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahliliy markazida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, Fedotov boshchiligidagi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi delegatsiyasi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining “Terrorizmga qarshi kurash – chegarasiz hamkorlik” nomli 5-ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etadi.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026