MXX kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
Milliy xavfsizlik xizmati kuni kecha Qirg‘izistondan noqonuniy olib kirilgan kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi dori vositasining yirik partiyasini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus amaliyot o‘tkazdi.
MXXning Andijon viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tezkor xodimlari Qorasuv shahri Qo‘rg‘ontepa tumanilik 33 yoshli Rahmonali Rizayev va uning sherigi, Andijon tumanida yashovchi 37 yoshli Ozodbek Qodirovning noqonuniy xatti-harakatlarini bartaraf etishdi. Ular “Isuzu” yuk avtomobili yordamida “Lirika” kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatining partiyasini Toshkentga sotish uchun olib borishni rejalashtirishgan.
"Toshkentga qarab yo‘nalishda harakatlangan yuk avtomobili Bo‘z tumanidagi YPX postida hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilgan. Ko‘zdan kechirish chog‘ida kabinada maxfiy joy aniqlandi, undan guvohlar oldida “Lirika” kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatining 884 ta o‘rami, har birining ichida 14 ta tabletkadan (hammasi bo‘lib 12 376 dona) bo‘lgani holda topildi", - deya ta'kidlab o‘tdi MXX xodimi.
Ularning taxminiy qiymati qariyb 86 mln. so‘mni tashkil etadi. So‘roq chog‘ida haydovchi olingan dori vositalariga sertifikatlar va ularni O‘zbekiston hududiga olib kirishga ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarni taqdim eta olmagan.
Ayni damda MXXning Andijon viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan ushbu holat bo‘yicha qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona qonunchiligining buzilishi) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024