Jahon | 10:55 / 30.10.2017
6019
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda XVJ yordamini taqdim etish shartlari muhokama qilindi

Foto: nbt.tj

Tojikistonni qo‘llab-quvvatlash uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining yangi uch yillik dasturini ishlab chiqish zarurligi masalasi Tojikiston Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev va Xalqaro valyuta jamg‘armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo davlatlari departamenti direktori Yuxa Kyaxkonen tomonidan muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, yordam berish evaziga Jamg‘arma tomonidan taklif etilishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni ham ko‘rib chiqdilar, deya xabar berdi Tojikiston Respublikasi Milliy banki matbuot xizmati.

Uchrashuvda Nuraliyev va XVJ vakillari Tojikistonga texnik yordam ko‘rsatish masalasini ham muhokama qilishdi.

Avvalroq, joriy yilning sentabr oyi oxirida Tojikiston Milliy banki rahbariyatining XVJ missiyasi bilan uchrashuvida Kengaytirilgan kredit mexanizmi doirasida TR uchun yangi yordam dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgandi.

Mamlakat Milliy banki ma'lumotlariga ko‘ra, bugun Tojikiston moliyaviy barqarorlikni ta'minlash va mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, pul-kredit siyosatini, bank tizimini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonni qo‘llab-quvvatlash uchun XVJning yangi dasturini ishga tushirish imkoniyatlari to‘rt yil davomida muhokama qilinmoqda. Respublika Jamg‘armaning 500 million dollarga qadar imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid