Jahon | 20:46 / 31.10.2017
15321
2 daqiqa o‘qiladi

FQB Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi

Foto: AP Photo

AQShning Federal qidiruvlar byurosi AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq barcha hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi. Bu haqda FQB bayonotida ma'lum qilingan. 

"FQB Jon Kennedining o‘ldirilishi bilan bog‘liq sir saqlagan barcha hujjatlarni oshkor qilishga ruxsat berdi", deyilgan bayonotda.

Bu hujjatlar Kennedi o‘ldirilishi tergovi davomida ma'lumotlar bergan va agar ularning shaxsi oshkor bo‘lsa, hayotlari xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan bog‘liq holda tahrirlangan hujjatlarni ham o‘z ichiga oladi. Hozirda hujjatlarda eslab o‘tilgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlagan holda maksimal darajadagi ochiqlikka erishish masalasini hal qilish uchun sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda.  

Milliy arxivlar Kennedining o‘limi bilan bog‘liq barcha materiallarni yaqin haftalarda tarqatadi.

O‘tgan haftada Kennedining o‘limi bilan bog‘liq 2891 ta hujjat AQSh milliy arxivlari saytida joylashtirilgandi. Bu hujjatlar birinchi marta oshkor qilingan.  

Mavzuga oid