Qöşma Ştatlarda sobiq prezident Jon Kennedining öldirilişi bilan boğliq taxminan 80 ming sahifadan iborat hujjatlar maxfiylikdan çiqarildi.
Kennedi öldirilişi bilan boğliq mingdan ortiq hujjat AQŞ Milliy arxivlar va hujjatlar boşqarmasi veb-saytiga joylaştirildi va ommaga taqdim etildi.
Avvalroq, tergovga oid hujjatlarni örgangan tahlilçilar e’lon qilingan materiallarda inqilobiy yangilik bölişi ehtimoldan yiroq ekanini aytişgan edi.
23 yanvar kuni Tramp sobiq prezident Kennedining öldirilişi bilan boğliq tergov hujjatlarini maxfiylikdan çiqariş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Şuningdek, buyruq nafaqat Kennedining öldirilişi, balki uning ukasi Robert Kennedi va Martin Lyuter Kingning öldirilişi bilan boğliq barça hujjatlarni ham oşkor qilinişini nazarda tutadi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp hujjatlarning maxfiylikdan çiqarilişini e’lon qilarkan, odamlar buni «önlab yillar davomida kutişganini» ta’kidlagan edi.
AQŞ 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda (Texas ştati) öldirilgan. U oçiq limuzinda ketayotib, miltiqdan öq yeb, halok böldi. Rasmiy tergov qotil Li Harvi Osvald ekanini e’lon qildi, u yolğiz harakat qilgani aytildi. Biroq, bu jinoyatda boşqa şaxslar yoki guruhlarning iştiroki haqida köplab fitna nazariyalari mavjud. Kennedi ölimi bilan boğliq tergov hujjatlari uzoq muddatga maxfiylaştirilgan edi.













