Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda madhiyaga hurmatsizlik uchun ozodlikdan mahrum qilish chorasi ko‘rib chiqilmoqda
Butun Xitoy xalq vakillarining doimiy qo‘mitasi (BXXV DQ Xitoyning qonunchilik organi) Jinoiy kodeksga davlat madhiyasiga nisbatan hurmatsizlik uchun jinoiy jazo qo‘llashni ko‘zda tutuvchi tuzatish kiritishni muhokama qilmoqda. "Sinxua" agentligi shu haqida xabar berdi.
Tuzatish loyihasi ikki oyda bir marta o‘tuvchi BXXV DQ sessiyasida ko‘rib chiqish uchun topshirildi. Yig‘ilish dushanba kuni boshlandi.
Tuzatish loyihasi matniga ko‘ra, davlat madhiyasiga hurmatsizlik bildirgan kishilar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Shuningdek qonun tomonidan madhiyaning yagona rasmiy versiyasi bo‘lishi kerakligi ko‘zda tutilmoqda. Faqat hukumat tomonidan tasdiqlangan tashkilotlargina uni yozish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026