Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson AQSh qo‘shinlari qachongacha Iroqda qolishiga oydinlik kiritdi
Foto: AFP
AQSh qo‘shinlari Iroqda IShID terrorchilik guruhi yakson qilinmaguncha qoladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson senatning xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasidagi yig‘ilish vaqtida aytib o‘tdi.
"Iroq bosh vaziri AQSh qo‘shinlari Iroqni tark etishi kerakligi haqida gapirmagan. Biz IShIDni tor-mor qilmagunimizcha Iroqda qolamiz", deb aytgan Tillerson.
Tillerson senatorning AQSh Iroqda qanday asoslarga ko‘ra qolishi haqida bergan savoliga AQSh buni qurolli kuchlarni xorijda qo‘llashga ruxsat beruvchi, 2001 va 2002 yillarda kongress tomondan qabul qilingan qonunlar doirasida amalga oshirishini ma'lum qilgan. "Biz shuningdek Iroq hukumati taklifi bilan u yerda qolmoqdamiz", deb qo‘shimcha qilgan siyosatchi.
Mavzuga oid
09:40
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01
AQSh Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha 3 mln sahifadan ortiq materialni e’lon qildi
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026