Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tillerson kongressdan harbiy kuchni butun dunyo bo‘ylab qo‘llashga ruxsat berishni so‘radi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson kongressni AQSh ma'muriyatiga terrorchilarga qarshi kuchni hech qanday geografik chegaralar bilan cheklanmagan holda qo‘llash imkonini berishga chaqirdi.
"Harbiy kuchni qo‘llash uchun yangi ruxsat geografik nuqtai nazardan cheklanmasligi kerak. Amaldagi ruxsat kabi, ma'muriyatga chegaralarni hurmat qilmaydigan va ularga amal qilishda o‘zini cheklamaydigan dushmanga qarshi harbiy kuchni qo‘llash uchun albatta ruxsat lozim bo‘ladi", deb aytgan Tillerson senatdagi yig‘ilishda. Shu bilan birga, uning aytishicha, ma'muriyat 2001 yilda 11 sentabrdagi teraktlardan keyin va 2002 yilda Iroq urushi arafasida berilgan amaldagi ruxsatlar bekor qilinishiga qarshi.
Yig‘ilishda shunday fikrni AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ham aytib o‘tgan.
AQSh prezidentlari harbiy kuchni qo‘llashga ruxsat olish uchun vaqti-vaqti bilan kongressga murojaat qilib turadilar, biroq amaliyotning ko‘rsatishicha, ularga bu ruxsat unchalik ham shart emas.