Jahon | 12:31 / 31.10.2017
11759
1 daqiqa o‘qiladi

Tokiodagi xonadonlardan birida 9 kishining jasad qoldiqlari topildi

Foto: NHK

Yaponiya poytaxti Tokio shahri yaqinida istiqomat qiluvchi yosh erkakning uyidan 9 kishiga tegishli jasad qoldiqlari topildi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali politsiya mahkamasiga tayangan holda.

Qayd etilishicha, jasadlar 27 yoshli Takaxiro Shiraishining Dzama shaharchasidagi uyida topilgan. Politsiya Tokioning 23 yoshli ayol fuqarosi yo‘qolishida Takaxironi gumon qilib, uning uyida tintuv o‘tkazganida shu narsa aniqlangan. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘ra, jasadlarning ayrimlari bo‘laklarga bo‘lingan, ularning parchalari sovutgich konteynerlarda aniqlangan. 

Ayni vaqtda erkak qo‘lga olingan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid