Nyu-Yorkda yashovchi o‘qituvchi ayol uch teraktning guvohi bo‘ldi
Nyu-Yorkdagi uch teraktning guvohi bo‘lgan o‘qituvchi Anni Toms bu turdagi hujumlardan shokka tushmay ham qo‘yganini aytdi. Huffington Post shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Manbaga ko‘ra, Toms 24 yil ichida Nyu-Yorkdagi bir maktab derazasidan uch teraktning guvohi bo‘lgan: 1993 yildagi Jahon savdo markazi avtoturargohidagi terakt, 2001 yil 11 sentabrdagi terrorchi hujumlar va seshanba kungi yuk mashinasining yo‘lovchilarga hujumi.
"Afsuski, bugungidek voqea ro‘y berganida misli ko‘rilmagan hodisa sodir bo‘lgandek tuyulmaydigan darajaga keldik. Bunday voqea bir necha marta ro‘y berayotgandek. Dahshatli, shafqatsiz voqealarning navbatdagi ketma-ketligi", - deydi Toms.
Uning ta'kidlashicha, bu safargi terakt uni qo‘rqitgani rost, biroq shokka tushirmagan. Ayol bunday voqealar boshqa ro‘y bermasligiga umid bildirgan.
31 oktabrda Manxettenda yuk mashinasi velosiped yo‘lkasi bo‘ylab bir necha ko‘cha harakatlangan, u o‘z yo‘nalishida bir necha velopoygachini bosib ketgan, keyin esa maktab avtobusiga borib urilgan. Politsiya haydovchini qo‘lga olgan. Voqea natijasida 8 kishi halok bo‘lgan, 10 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. Hukumat voqeani terakt sifatida baholamoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024