Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida ota o‘z qizini pichoqladi
Bo‘ka tumanida 2017 yilning 15 oktabr kuni soat 00.30 larda, shu tumanda yashovchi, nafaqaxo‘r, 1956 yilda tug‘ilgan Xolmurod Noraliyev (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyida o‘zaro janjallashib qizi, shu manzilda yashovchi, uy bekasi, 1980 yilda tug‘ilgan Durdona Malikovani tanasining turli sohalariga 3 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.
Ro‘y bergan hodisa oqibatida jabrlanuvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Xolmurod Noraliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
09:03 / 19.08.2025
Bo‘ka tumanida yuqori bosimli gaz quvuriga shikast yetkazildi
08:10 / 24.09.2024
Toshkent viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi boshlandi
10:11 / 23.04.2024
Toshkent viloyatida metan-zapravka 1 oyda salkam 2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
16:00 / 20.03.2024