Sport | 19:10 / 03.11.2017
11053
1 daqiqa o‘qiladi

Oliy Liga. «Lokomotiv» Farg‘onada ochko yo‘qotdi, «Bunyodkor» Toshkentda g‘alaba qozona olmadi

Foto: Lokomotiv klubi matbuot xizmati

Bugun, 3 noyabr kuni Oliy Ligada 27-tur o‘yinlariga start berildi. Toshkentning «Lokomotiv» klubi Farg‘onada «Neftchi» bilan bellashib, golsiz durangga imzo chekdi. Mezbonlar 15-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmadi.

Toshkentning yana bir jamoasi «Bunyodkor» «Navbahor»ni qabul qildi. Bu o‘yinda muxlislar 4ta gol ko‘rishdi, ammo o‘yinda g‘olib aniqlanmadi.

Endilikda «Lokomotiv» ochkolari sonini 61taga yetkazgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Bunyodkor» 46 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘rinda. 

Oliy Liga, 27-tur
3 noyabr, juma

Neftchi  – Lokomotiv - 0:0
Noaniq penalti: Muhsinjon Ubaydullayev 15 (darvozabon)

Bunyodkor – Navbahor - 2:2 
Gollar: Dostonbek Hamdamov (16 pen), Vohid Shodiyev (74) - Azizbek Turg‘unboyev (19), A'zam Aliyev (89).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid