Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Dayr az-Zorni ozod qildi
Suriya armiyasi va ittifoq kuchlari Dayr az-Zor ustidan to‘la nazorat o‘rnatdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti suriyalik harbiy manbaga asosan.
Bugun hukumat kuchlari IShIDning so‘nggi tayanch nuqtasini yo‘q qilishgan.
Kecha Al-Rashidiya, Al-Ardi tumanlari va Al-Bajn, Abu-Aded mavzelarida janglar yuz berdi, bu yerlardagi jangarilar qarshilik ko‘rsatishgan.
Sentyabr oyining boshida Suriya armiyasi Dayr az-Zorning uch yillik blokadasini yorib o‘tdi hamda shaharning sharqiy tumanlariga hujum uyushtirdi. Janubi-g‘arbdagi strategik nuqtalardan terrorchilarni chiqarib tashlab, ular Firot daryosining g‘arbiy qismiga yetib borishdi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026