Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda xorijda ta'lim olgan imomlar o‘zgartiriladigan bo‘ldi
Tojikistonning din ishlari, milliy udumlar, tantanalar va urf-odatlarni tartibga solish qo‘mitasi xorijda diniy ta'lim olgan imom-xatiblarni o‘z lavozimlaridan ozod qilish tashabbusini bildirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot kotibi Afshin Muqim ma'lum qildi.
“Masjidlarning xorijda diniy ta'lim olgan imom-xatiblari Tojikistonda ta'lim olgan din vakillari bilan almashtiriladilar”, deb aytgan Muqim jurnalistlarga.
Muqimning aytishicha, qo‘mitaning shaharlar va viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga tegishli ko‘rsatma berilgan.
Tojikiston Islom markazi ulamolari kengashi rahbari Saidmukarram Abduqodirzoda bu tashabbusni to‘g‘ri deb atadi. “Mas'ul organ hisoblangan din ishlari bo‘yicha qo‘mita bunday qaror qabul qilgan ekan, unda u shunchaki qabul qilinmagan”, deb aytgan Abduqodirzoda.
Uning fikricha, gap nafaqat o‘z vaqtida xorijda ta'lim olgan imomlar haqida, balki ular iclomning qaysi oqimlari va yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim olganlari haqida ham ketishi kerak.
Tojikistonda rasman 4 mingga yaqin masjid ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ulardan 370 tasi jome' masjidlari hisoblanadi. Imom-xatiblar har yili attestatsiyadan o‘tkazib turiladilar. Qo‘mita imomlar olib boradigan mavizalar mavzularini tartibga solish maqsadida mavizalar matnlari keltirilgan maxsus kitobchalar chop etgan.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024