Jahon | 00:29 / 04.11.2017
3870
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari kelasi hafta boshida Yevropaga tashrif buyuradi

Foto:AP Photo / Manuel Balce Ceneta

AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis 6-10 noyabr kunlari Yevropaning bir qator davlatlariga ikki tomonlama masalalar, NATO va IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiya formatidagi o‘zaro hamkorlikni muhokama qilgani tashrif buyuradi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati ma'lum qildi. 

“Vazir Mettis o‘z ishini 6-7 noyabrda Shimoliy guruh – 12 ta davlat, jumladan Shimoliy Yevropaning 5 davlati (Finlyandiya, Shvetsiya, Daniya, Islandiya, Norvegiya), 3 ta Boltiqbo‘yi davlati (Estoniya, Latviya, Litva), Germaniya, Niderlandiya, Polsha va Buyuk Britaniya ishtirokidagi ko‘p tomonlama forumdagi uchrashuvdan boshlaydi”, deyilgan xabarda.     

Ta'kidlanishicha, shundan keyin Mettis 8-9 noyabrda NATO davlatlari mudofaa vazirlari va IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiyaga kiruvchi davlatlar mudofaa vazirlari uchrashuvlarida ishtirok etadi. 

“Vazirning bu safari AQShning NATO alyansi va IShIDni yakson qilishga sodiqligini ta'kidlaydi”, deb aytildi Pentagonda.

Mettis safarini 10 noyabrda Buyuk Britaniyaga tashrifi bilan yakunlaydi. U bu yerda Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid