AQŞ Mudofaa vazirligi ğayrioddiy hodisalar bilan boğliq hujjatlarning uçinçi töplamini e’lon qildi. Töplamdan harbiylar, federal agentlar va xorijlik kuzatuvçilar tomonidan qayd etilgan ğayrioddiy jismlar haqidagi 72 ta yangi hujjat joy olgan.
Ta’kidlanişiça, e’lon qilingan hujjatlarda Yerdan taşqarida hayot mavjudligi yoki hukumat tomonidan ma’lumotlar yaşirilganini tasdiqlovçi dalillar yöq.
Eng batafsil tasvirlangan voqealardan biri 2022 yil fevralida AQŞning Kolorado ştatidagi Kolorado-Springs şahri yaqinida sodir bölgan. Fort-Karson harbiy bazasida xizmat qiluvçi beş nafar askar Şayyenn-Mauntin hududi ustida muallaq holda turgan obektni kuzatgan.

FTB hujjatlarida obekt «kartoşkasimon», aniq qirrali va oq-sarğiş yaltiroq rangdagi jism sifatida tasvirlangan. Guvohlarning aytişiça, uning sirti notekis va bir-birini qoplamaydigan «tangaçalar» yoki panellardan taşkil topgandek köringan. Obekt taxminan ikki daqiqa davomida harakatsiz turgan va keyin yöqolgan.
Yana bir holat 2023 yil oktyabriga taalluqli. Federal huquq-tartibot organining olti nafar xodimi bir neça bor yorqin töq sariq va qizil rangli şarlarni kuzatgan. Hujjatlarga köra, şarlar tepalik orqasidan paydo bölgan va ba’zan ulardan yanada kiçikroq obektlar ajralib çiqqandek tuyulgan.

Maxfiylikdan çiqarilgan hujjatlar orasida FTBning 2025 yilda AQŞ şimoli-şarqida kuzatilgan voqea haqidagi hisoboti ham bor. Guvoh örmon yaqinida yorqin qizil şarni körganini bildirgan. Uning içida basketbol töpi hajmidagi «oq plazmali quyoş»ga öxşaş yoruğlik bölgani aytilgan. Keyin ikkinçi şar paydo bölgan va obektlar ovozsiz tarzda közdan ğoyib bölgan. Iş materiallarida mobil telefonda olingan video ham mavjud bölib, unda osmonda harakatlanayotgan ikkita qizil yorqin obekt aks etgan.
Arxivda, şuningdek, Markaziy razvedka boşqarmasining 2008 yilga oid hujjati ham mavjud. Unda Zimbabvedagi aeroport yaqinida disk şaklidagi, aylanuvçi çiroqlarga ega obekt kuzatilgani qayd etilgan. Hisobotda aytilişiça, obektdan nur taralgan.
Tramp ma’muriyatining ma’lumotlarni oşkor qiliş dasturi doirasida hozirgaça 300ga yaqin hujjat e’lon qilindi.

















