Sport | 23:41 / 05.11.2017
11824
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» «MYu»dan ustun keldi. «Siti» ustunligi 8 ochkogacha oshdi

Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlaridan birida «Chelsi» o‘z uyida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 55-daqiqasida Alvaro Morata tomonidan kiritilgan yagona gol Antonio Konte shogirdlariga uch ochko keltirdi va natijada jamoa raqibga yaqinlashib oldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 22taga yetdi va jamoa hamon 4-o‘rinda qolmoqda. «Manchester Yunayted» esa 23 ochko to‘plab endilikda «Tottenhem» bilan bir xil ko‘rsatkich evaziga 2-3 o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. «Siti» bilan ikkinchi o‘rinning farqi esa 8 ochkogacha oshdi.

Angliya premer-ligasi, 11-tur

Chelsi – Manchester Yunayted 1:0 (0:0)

Gol: Morata (55).
Chelsi: Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Fabregas (Drinkuoter, 79), Kante, Azar (Villian, 87), Bakayoko, Dzappakosta (Ryudiger, 66), Morata.
Manchester Yunayted: De Xea, Jons (Fellayni, 62), Smolling, Valensiya, Bayi, Matich, Yang (Lingard, 78), Errera, Mxitaryan (Marsyal, 62), Lukaku, Reshford.
Ogohlantirishlar: Bakayoko (20), Jons (49), Errera (51), Fellayni (71).

Mavzuga oid