20:40 / 05.11.2017
8156

Gollar, qizil kartochka, penalti va janjallar. Moskva derbisida jangovar durang

Rossiya chempionatining 16-turida markaziy uchrashuv TsSKA va «Lokomotiv» o‘rtasida o‘tkazildi. Moskvadagi «RJD Arena (Lokomotiv)» stadionida kechgan uchrashuvda jangovar durang qayd etildi - 2:2.

O‘yinning 14-daqiqasida Anton Miranchuk Jyefferson Farfan bilan devor uslubida harakat qildi va Igor Akinfeyev bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, u qo‘riqlayotgan darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi. Bo‘lim davomida Vitino markazdan qochib ketib, qulay vaziyatdan hisobni tenglashtirdi.

43-daqiqada Vitino qanotdan hujum uyushtirdi. Bu vaziyatda u bergan zarba darvozadan qaytgach, to‘pni Alan Dzagoyev maydonda saqlab qoldi va uni darvoza sohasi tomon yo‘lladi, darvozabon Anton Kochenkov xatoga yo‘l qo‘ydi va to‘pni Bibras Natxoning oyoqlariga tashlab berdi - 1:2.

Ikkinchi bo‘lim o‘ta shiddatli va ehtiroslarga boy o‘tdi. Mehmonlar futbolchisi Xetag Xosonov Taras Mixalikka qarshi qo‘pollikdan keyin ikkinchi sariq kartochkani oldi va maydondan chetlatildi.

Keyinroq vaziyatlardan birida Vernblyum Miranchukning yuziga tirsagi bilan zarba berdi, hakam sariq kartochka bilan kifoyalandi.

Shunda maydon chetida ikki jamoa murabbiylari, Yuriy Syomin hamda Viktor Goncharenko o‘rtasida janjal kelib chiqdi.

75-daqiqada esa Farfan vyskochil jarima maydoniga yorib kirdi, Viktor Vasin uni yiqitdi va penalti belgilandi. Manuel Fernandesh bergan zarbani esa Akinfeyev bartaraf etdi.

O‘yin oxirida Fernandesh xatosini tuzatdi, Anton Miranchuk bo‘sh turgan Fernandeshni to‘p bilan ta'minladi, u bu safar osonlik bilan Akinfeyevni dog‘da qoldirdi - 2:2.

Endilikda «Lokomotiv» ochkolari sonini 33taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi. «Armiyachilar» esa 26 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘rinda.

Rossiya chempionati
16-tur
Lokomotiv – TsSKA 2:2
 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 14 Miranchuk, 1:1 – 28 Vitino, 1:2 – 43 Natxo, 2:2 – 87 Fernandesh.
Lokomotiv – Kochenkov, Peychinovich, Kverkveliya, Rybus, Miranchuk, Miranchuk, Fernandesh, Denisov, Farfan, Ignatev, Mixalik (Kolomeytsev, 70).
TsSKA – Akinfeyev, Berezutskiy, Vasin, SHCHennikov, Nababkin, Dzagoyev (Milanov, 80), Xosonov, Vernblum, Natxo, Fernandes, Vitino (Jamaletdinov, 83).
Ogohlantirishlar: Xosonov (40), Berezutskiy (48), Vernblum (57), Rybus (62), Vasin (75).
Chetlatish: Xosonov (49).

Top