Sport | 21:30 / 05.11.2017
10849
2 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» penalti va ofsayddan urilgan gollar evaziga «Arsenal»ni yengdi

APLning 11-turidagi markaziy uchrashuv Manchester g‘alabasi bilan yakunlandi. «Manchester Siti» «Etihad — Siti of Manchester»da kechgan uchrashuvda Londonning «Arsenal» jamoasini mag‘lub etdi - 3:1.

O‘yin boshida Kevin De Bryoyne Fernandino bilan devor uslubida o‘ynab, Piter Chexning uzoq burchagini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda, 49-daqiqada Nacho Monreal Rahim Sterlingga qo‘pollik ishlatdi va buning uchun belgilangan penaltini Serxio Aguero aniq ijro etdi - 2:0.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Aaron Remsi aniq pasi bilan Aleksandr Lyakazettni oldinga boshladi va fransiyalik hujumchi raqib darvozabonini osonlik bilan dog‘da qoldirdi.

74-daqiqada David Silva o‘ng qanotdan uzatgan pasdan keyin o‘yindan tashqari holatda turgan Gabriel Jyezus «Arsenal» darvozasini ishg‘ol qildi va hakam golni hisobga oldi - 3:1.

Endilikda «Manchester Siti» ochkolari sonini 31taga yetkazdi va eng yaqin ta'qibchisi «Manchester Yunayted» bilan oradagi farqni 8taga yetkazdi. Ammo Mourino jamoasi tur uchrashuvini endi o‘tkazadi. «Arsenal» 19 ochkosi bilan — oltinchi o‘rinda.

Angliya chempionati
11-tur
Manchester Siti – Arsenal 3:1 
(1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 19 de Bryuyne, 2:0 – 50, penalti Aguero, 2:1 – 65 Lyakazett, 3:1 – 74 Gabriel Jyezus.
Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Stounz, Uoker, Delf, Silva, Fernandino, Sterling (Gyundogan, 78), de Bryuyne, Sane (Bernardu Silva, 87), Aguero (Gabriel Jyezus, 62).
Arsenal – Chex, Koselni, Kolashinats, Belerin, Monreal, O‘zil, Remzi, Ivobi (Uilsher, 78), Chaka (Jiru, 78), Sanches, Koklen (Lyakazett, 56).
Ogohlantirishlar: Monreal (49), Lyakazett (59), Koselni (67), Otamendi (73), Chaka (75), Sanches (77), O‘zil (90).

Mavzuga oid