Sport | 23:34 / 05.11.2017
3852
3 daqiqa o‘qiladi

RFPL. «Zenit» «Lokomotiv»ning ochko yo‘qotishidan foydalan olmadi, «Spartak» irodali g‘alabaga erishdi

Rossiya premer-ligasining 16-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda chempionlik uchun kurashayotgan «Zenit» va amaldagi chempion «Spartak» o‘z uchrashuvlarini o‘tkazdi.

«Zenit» Qozonda «Rubin» mehmoni bo‘ldi va bu safar ham g‘alaba qozona olmadi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi va natijada Roberto Manchini jamoasining g‘alabasiz o‘yinlari soni ketma-ket 5ta o‘yinga qadar cho‘zildi. «Lokomotiv» ham ochko yo‘qotganiga qaramasdan jamoa moskvaliklarga yaqinlashib olish imkoniyatini boy berdi.

«Spartak» esa o‘z uyida «Ufa»ni qabul qilib, avvaliga hisobda ortda qolishiga qaramasdan, keyinchalik uchta to‘p kiritib, g‘alabani ilib ketdi.

Ushbu o‘yinlardan keyin «Zenit» hisobidagi ochkolar soni 30taga yetdi va jamoa hamon «Loko»dan 3 ochko ortda bormoqda. Uchinchi o‘rindagi «Krasnodar»dan esa piterliklar endi faqatgina 3 ochko oldinda. «Spartak» esa 25 ochko to‘plab 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi va chempionlik uchun kurashga qaytdi.

Rossiya premer-ligasi, 16-tur

Spartak – Ufa 3:1 (1:1)

Gollar: 0:1 – 10 Igboun, 1:1 – 37 Fernando, 2:1 – 63 Promes, 3:1 – 79 Luis Adriano.
Spartak: Selixov, Djikiya, Tashchi, Yeshchenko, Kombarov, Fernando, Glushakov (Samsonov, 87), Popov (Pashalich, 75), Promes, Luis Adriano, Ze Luish.
Ufa: Belenov, Nikitin, Tumasyan (Oblyakov, 67), Alikin (Fatai, 90), Jivoglyadov, Vanek (Krotov, 67), Salatich, Stotskiy, Paurevich, Igboun, Yokich.
Ogohlantirishlar: Paurevich (47), Igboun (51), Luis Adriano (51).

Rubin – Zenit 0:0

Rubin: Janayev, Sigurdsson, Granat, Sorokin, Kambolov (Tsaktash, 81), Jyemaletdinov (Azmun, 75), Ozdoyev, Bauer, Kanunnikov (Karadeniz, 88), Kudryashov, Mvila.
Zenit: Lunyov, Mevlya (Shatov, 67), Krishito, Ivanovich, Smolnikov, Paredes, Kranevitter (Driussi, 75), Yeroxin, Poloz (Jirkov, 56), Kokorin, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Granat (24), Bauer (54), Mvila (61), Paredes (72), Smolnikov (90), Azmun (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid