Yevropaning kuçli beşlik çempionatlarida va Rossiyada haftaning sönggi kunlari ajoyib töqnaşuvlar bölib ötişi kutilmoqda. Tribuna.Uz an'anaviy ravişda eng muhim uçraşuvlarga batafsil töxtalib ötadi.

RB LeYPTsIG - BORUSSIYa DORTMUND (3 mart, 22:30)
Bugun Germaniyada Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun kuraş yölidagi muhim öyinlardan biri bölib ötadi. Har ikki jamoa mavsumni YeÇLda boşlaşdi, lekin guruh öyinlari ular uçun omadsiz keçdi va har ikki klub ham kuraşni Yevropa Ligasida davom ettirişmoqda.

Ötgan yilning oxirlarida juda yomon ötkazgan dortmundliklar 2018 yilni yaxşi boşlaşdi va hali bundesligada mağlubiyatga uçraganlari yöq. Ammo jamoaning duranglar bilan öralaşib qolgani ham bor gap: sönggi 7 öyinning 4 tasida «Borussiya» bir oçko bilan kifoyalanişga majbur böldi. Şunday bölsa-da, yuqori örinlardagi raqobatçilarning yanada muvaffaqiyatsiz öyinlari «Borussiya»ga qöl keldi va jamoa 41 oçko bilan ikkinçi öringa kötarilib oldi. 

Misol uçun, «Leyptsig» bundesligadagi oxirgi ikki öyinda mağlubiyatga uçradi. Ayniqsa, turnir jadvalida sönggi poğonani egallab turgan «Kyoln»dan öz maydonidagi mağlubiyat jamoa uçun juda yomon natijadir. «Leyptsig» hozirda 38 oçko bilan 6-poğonani egallab turibdi. Demak bu öyindagi ğalaba mezbonlarga oçkolar böyiça raqibiga yetib oliş imkonini beradi. 

«Red Bull Arena»da jamoalar atigi bir marotaba köç sinaşişgan va öşa öyinda mezbonlar 1:0 hisobida ustun kelişgandi. Uşbu mavsum doirasida Dortmundda, oktabr oyida bölib ötgan öyin esa juda voqealarga boy va keskin keçgan. Muxlislar ikki qizil kartoçka va ikki penalti guvohi bölgan mazkur uçraşuvda «Leyptsig» 3:2 hisobida ğalaba qozongandi. 

LATsIO - YuVeNTUS (3 mart, 22:00)
Har hafta şu gapni takrorlaşga majbur bölmoqdamiz — kuçli beşlikda çempionlik intrigasi eng qizğin keçayotgan A Seriyada «Napoli» ham, «Yuventus» ham qoqiliş haqida öylaşmayapti va örtadagi bir oçkolik farq hamon saqlanib turibdi. «Yuventus» çempionatda qatorasiga 11 uçraşuvda ğalaba qozondi, lekin bunday ajoyib seriya «Napoli» bilan örtadagi farqni heç bölmasa bir oçkoga qisqartira olmadi. Zero «Napoli» ham xuddi şunday seriyani amalga oşirişning uddasidan çiqmoqda.