Sport | 19:30 / 06.11.2017
10753
2 daqiqa o‘qiladi

Adidas yetakchi terma jamoalarning JCh-2018 uchun mo‘ljallangan liboslarini taqdim qildi

Adidas kompaniyasi jahon chempionatining to‘rtta ishtirokchisi - Germaniya, Argentina, Belgiya va Ispaniya terma jamoalarining yangi liboslarini taqdim qildi.

Germaniya

Foto: Adidas

Bundestimning yangi dizayni uchun 1990 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan jamoa libosidan andoza olingan. Bu nemislarga juda yoqyapti.

Argentina

Foto: Adidas

O‘tgan mundial finalchisi Argentina ham o‘z libosini Germaniya bilan bir kunda taqdim qildi, biroq, hali ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmadi. Ayni paytda «albiseleste» Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bahsiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Belgiya

Foto: Adidas

Belgiya terma jamoasining libosi muxlislar qalbidan joy olmadi. Ijtimiy tarmoqlarda unga nisbatan «hunuk», «yoqimsiz» va boshqa shunga o‘xshash salbiy iboralar ishlatilmoqda.

Ispaniya

Foto: Adidas

Ispaniya terma jamoasi libosi ham jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ammo belgiyaliklardan farq qilgan holda, uning chiroyi emas, balki siyosiy jihati tortishuvlar markazida turdi. Xususan, kataloniyaliklar unda qirol gerbini ko‘rib, monarxiyani la'natlagan bo‘lsa, boshqalar qirolni ko‘klarga ko‘tardi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid