Sport buyumlari işlab çiqaruvçi Adidas kompaniyasi va Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Germaniya milliy jamoasining Yevro-2024 uçun yangi libosidagi 44-raqam dizayni haqidagi tanqidlarga javob qaytardi va uni sotuvdan olib taşlaş orqali tegişli tuzatişlar kiritdi. Bu haqda dpa agentligi 1 aprel, duşanba kuni Bild naşriga tayanib, tanqid sababini aniqlagan holda ma’lum qildi: futbolkaning orqa tomonidagi 44-raqam Germaniyada milliy-sotsializm davridagi SS (Schutzstaffel – SS) ramzini eslatadi. Mart oyining oxirida jurnalist Tobias Xux X ijtimoiy tarmoğida uşbu öxşaşlikka e’tibor qaratdi.

Nemis ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritişiça, futbolkani sotiş jarayonida «fyurer» va «Hitler» sözlarini qöşiş ham taqiqlangan. 1 aprel kuni tuşdan keyin rasmiy Adidas onlayn-dökonida şaxsiy ism va raqam bilan formalarni şaxsiylaştiriş imkoni bölmadi, DFB esa özining onlayn-dökoniga 44-raqam bilan buyurtma qilingan kombinatsiyalarni yetkazib berişni töxtatdi. «Bu bizning şaxsiylaştiriş qoidalarimizga mos kelmaydi. Iltimos, boşqa narsani sinab köring», degan yozuv Adidas dökoni veb-saytida mahsulot tanlaş vaqtida paydo böldi. 

«DFB va uning hamkori - 11teamspors - nomlar va raqamlar dizayni uçun javobgardir», dedi Adidas vakili Oliver Bryuggen dpa naşriga. U sport tovarlari işlab çiqaruvçisi «ksenofobiya, antisemitizm, zöravonlik va har qanday şakldagi nafratga qarşi turişini» ta’kidladi hamda «bölinuvçi yoki çekka qaraşlarni tarğib qilişga qaratilgan har qanday uriniş brend sifatida qadriyatlarimizga kirmaydi», deb qöşimça qildi. 

Germaniya Yevro-2024da puşti-binafşa ranglarda öynaydi

Germaniya futbol ittifoqi mart oyi örtalarida milliy jamoaning yangi libosini taqdim etdi. Asosiy bölib qolayotgan an’anaviy oq rangdan farqli ölaroq, yangi puşti-binafşa rangdagi mehmon töplami, DFB ma’lumotlariga köra, nemis muxlislarining yangi avlodi hissiyotlariga köproq mos keladi. Yangi dizayn 2024 yil 14 iyundan 14 iyulgaça Germaniyaning önta şahrida bölib ötadigan futbol böyiça bölajak Yevropa çempionati uçun maxsus işlab çiqilgan.

Germaniya milliy jamoasi muxlislari yangi libosni xarid qilişi mumkin: bolalar uçun puşti-binafşa rangli futbolka 75 yevro va undan yuqori turadi, kattalar uçun eng arzon variant esa 100 yevroga tuşadi.