1898 yil va 1900 yilda Germaniyadagi Bavariya federal yerida joylaşgan Xersogenaur şahrida yaşovçi Dasslerlar oilasida ketma-ket ikkita öğil tuğiladi. Kattasini Rudolf, kiçigini Adolf deb ataşadi.

Birinçi jahon uruşi boşlanganda Rudolfni armiyaga çaqirişadi va u Ğarbiy frontda janglarda qatnaşadi. Adolf esa uruşning oxirroqlarida armiyaga çaqiriladi va köp ötmasdan uruş tugaydi.

Aka-ukalar omon qolişgan, hatto jarohat ham olmagan edi. Biroq atrofda uruşning maş’um asoratlari bilan yurgan nogironlar juda köp edi.

1919 yilda Adolf otasi yordamida oyoq kiyimlari tayyorlaydigan korxona oçadi. Öşa paytda uruşda yengilgan Germaniyada iqtisodiy inqiroz yuz bergan, odamlarda hatto örtaça narxdagi oyoq kiyimini sotib olişga ham pul yöq edi.

Şu sababli ota-bola oyoq kiyimlarini asosan eski harbiy kiyimlar, buyumlar va avtomobil şinalaridan foydalanib tayyorlaşadi.

Rudolfning taqdiri biroz boşqaça keçadi. Frontdan qaytgaç u Myunxenga ketadi va politsiyaga işga kiradi. Biroq u yerda uzoq qolmaydi va ikki-uç yilda bir neçta joyda işlab köradi.

1924 yilda Adolf akasi Rudolfni yoniga çaqiradi va oyoq kiyimlarni birga işlab çiqarişni taklif etadi. Rudolf rozi böladi va ukasi yoniga qaytib keladi. Ular taşkil etgan kompaniya «Aka-uka Dasslerlar» («Gebrüder Dassler») deb atalardi.

«Aka-uka Dasslerlar» kompaniyasining tikuv binosi

Aka-uka kompaniyadagi işni özaro bölib olişadi: Rudolf mahsulotlarning sotilişini, Adolf esa işlab çiqarişni nazorat qiladi.

«Aka-uka Dasslerlar»da tayyorlangan oyoq kiyimlar tez orada ommalaşib ketadi. Köp ötmay ötmay ular avvaliga temir tişli, söng ortopedik tagçarmlar bilan jihozlangan oyoq kiyim işlab çiqarişni boşlaşadi.

Har ikki turdagi oyoq kiyimlar sportçilar orasida tez ommalaşadi. Temir tişli oyoq kiyim işlab çiqariş ğoyasi Adolfga tegişli edi. 1928 yilda bu ixtiro uçun kompaniya patent oladi.

1928 yilda Yozgi olimpiada öyinlari Niderlandiya poytaxti Amsterdam şahrida ötkaziladi. Rudolf savdoga mas’ul şaxs sifatida Amsterdamga boradi va u yerda öz kompaniyasi mahsulotlarini tarğib qiladi.

Ana şu musobaqalarda germaniyalik sportçilarining bir qismi «Aka-uka Dasslerlar»da tayyorlangan oyoq kiyimlardan foydalanadi va ğolib çiqadi.