Sport | 00:10 / 06.11.2017
11513
2 daqiqa o‘qiladi

APL. Liverpulda drama. «Everton» super iroda ko‘rsatdi

Angliya premer-ligasining 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda «Everton» o‘z uyida «Uotford»ni qabul qilib, yuksak iroda namoyish etdi va muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda naq beshta gol kiritildi. Avvaliga mehmonlar ketma-ket ikki to‘p kiritib, oldinga chiqib olishgandi. Biroq 67-daqiqadan boshlab mezbonlar o‘ziga kelishdi. Avvaliga Umar Nyasse fraqni qisqartirgan bo‘lsa, Kelvet-Lyuin farqni yo‘qqa chiqardi. Shundan so‘ng haqiqiy dramatik kurash boshlandi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan dastlabki daqiqada Leyton Beyns penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo «Uotford» shu vaziyatdan ham chiqib ketishi mumkin edi. Biroq hakam qo‘shib berilgan 11-daqiqada Tom Kleverli penaltidan sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol qila olmadi va natijada «Everton» o‘ta muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Everton» hisobidagi ochkolar soni 11taga yetdi va jamoa xavfli zonani tark etib, 15-o‘ringa ko‘tarildi. «Uotford» esa 15 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

Angliya premer-ligasi, 11-tur

Everton – Uotford 3:2 (0:0)

Gollar: Nyasse (67), Kelvert-Lyuin (74), Beyns (90+1, penalti) – Risharlison (46), Kabasele (64).
Noaniq penalti: Kleverli (90+11)

Everton: Pikford, Djagelka, Beyns, Kenni, Kin, Baningime (Lukman, 55), Guyye, Devis, Sigurdsson (Lennon, 85), Runi (Kelvert-Lyuin, 68), Nyasse.
Uotford: Gomes (Karnezis, 59), Kabasele (Mariappa, 79), Xolebas, Femeniya, Britos, Kleverli, Dukure, Karrilo, Xyuz (Okaka Chuka, 90), Risharlison, Grey.
Ogohlantirishlar: Britos (69), Xolebas (90).

Mavzuga oid