22:46 / 06.11.2017
38584

Eng ajoyib va hamyonbop xususiy kurortlar o‘nligi

Bir marta bo‘lsa-da kimsasiz orol egasi bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsangiz, siz yolg‘iz emassiz. Ma'lum bo‘lishicha, hatto atigi 307 dollar evaziga ham butun bir tropik hududni ijaraga olish mumkin. HomeToGo turistik portali saytning qidiruv tizimi orqali band qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi 10 xususiy orolni tanlab, ular haqida ma'lumot berdi. Ularning aksariyati ikki o‘rinli lyuks nomerdan qimmat emas.

 

Colleton River Plantation, AQSh — 307 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Xususiy orol plantatsiyasi Xi­l­ton-Xed kurorti yaqinida joylashgan - biroq bu yerda yirik sayyohlar oqimi yo‘q. Bu Janubiy Karolinaning ekzotik burchaklarini tadqiq qilish va o‘zingizni 60 gektar yovvoyi tabiat maydonining egasidek his qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.

 

Bird Island, Beliz — 435 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Ushbu go‘zal maskan xilma-xil dengiz faunasi, shaffof suvlari va barqaror quyoshli ob-havosi bilan mashhur marjon riflar orasida joylashgan.

 

Area 51, Ship-Chennel-Key, Bagama — 450 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Ship-Chendagi shaxsiy orolda joylashgan qulay kottej — Karib quyoshi nurlari ostida hordiq chiqarish uchun mukammal joy. Orolda doimo xizmat ko‘rsatuvchi personal mavjud, shunday ekan, mehmonlar to‘liq ko‘ngil yozishi va vaqtinchalik ishlarini unutishi mumkin.

 

Private Island Rental, Nyu-York shtati — 604 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

AQSh hududidagi ulkan arxipelag tarkibidagi bu orolcha Te-Ayls ko‘lida joylashgan bo‘lib, u o‘zining iliq suvi bilan mashhur. Mehmonlar cho‘milib bo‘lgach, terassaga qulayroq joylashib, ko‘lning go‘zal manzarasidan zavq olishlari mumkin.

 

Prospect Point House, Bagama — 720 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Bagama orollari arxipelagi uchastkasidagi Big Farmers Keyda joylashgan bu orol butun dunyodan yashirinish uchun eng yaxshi joydir. Mehmonlar uchun turli ko‘ngilochar mashg‘ulotlar ko‘zda tutilgan - vindserfingdan to yovvoyi hayvonlar bilan yonma-yon cho‘milishgacha.

 

Ipil Waterfront, Filippin — 801 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Bu ekzotik orol 1780 oroldan tashkil topgan filippin arxipelagi - Palavan "yuragi"da joylashgan. Oppoq qumli sohilda uch yotoqxonali villa joylashgan bo‘lib, bu yerda mehmonlar mazza qilib dam olishlari va ohaktosh qoyalarning ajoyib manzarasidan bahra olishlari mumkin.

 

East Sister Rock Island, Florida — 1613 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Ushbu tropik orol Florida-Kis arxipelagi tarkibiga kiradi, qit'adan ungacha motor qayiqda tezgina yetib olish mumkin. Umuman olganda, vertolyotda harakatlanish ham mumkin - bu yerda shaxsiy qo‘nish maydoni mavjud.

 

Exclusive Private Island Custom, Beliz — 1643 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

14 kishilik yolg‘iz orol-kurort ijarasi narxiga qayiq, shaxsiy haydovchi va butun bir personal shtati, shu bilan birga, suv sporti uskunasi ham kiradi. Bonus: bu yerdan Mayya tog‘i manzarasi g‘oyatda ajoyib ko‘rinadi.

 

Cherry Island, Kanada — 2466 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Bir necha million dollarlik kottej Ontariodagi Muskok ko‘llari orasidagi 1,5 gektar xususiy orolda joylashgan. Mehmonlar ko‘l bo‘ylab qayiqda suzishlari yoki sohil bo‘yida gulxan atrofida o‘tirib, zavq olishlari mumkin.

 

Royal Belize, Beliz — 5000 dollar

Foto: TripAdvisor Rentals

Xizmat ko‘rsatuvchi to‘liq personalga ega orol 5000 dollarga tushadi - u ro‘yxatdagi eng qimmat orol. Buning ajablanarli yeri yo‘q: kurort 18 kishiga mo‘ljallangan, ularning bariga dengiz kayaklari, snorkeling jihozlari va SUP-serfing doskalari taqdim etiladi. Shu bilan birga, bu dayving uchun ajoyib joydir.

Mavzuga oid
Top