Xitoyda “qorli qişloq” nomi bilan tanilgan kurort rahbariyati sayyohlarni yöqotmaslik uçun sun’iy qor yasadi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.

Yangi yilni qişki muhitda nişonlamoqçi bölgan xitoyliklar qişloqqa kelganida, paxta va polimer kukunidan yasalgan sun’iy qor uyumlariga duç keldi. Kurortdan joy bron qiliş paytida sayyohlar bu yil anomal iliq tufayli qişloqda qor yoğmagani haqida ogohlantirilmagan. Aksinça taşkilotçilar ijtimoiy tarmoqlarda qor bilan qoplangan yonbağirlarning suratlarini e’lon qilişgan. Aslida heç qanday qor uyumi hosil bölmagan, daryo ham muz bilan qoplanmagan.

Majmua vakillari taşrif buyuruvçilardan uzr söradi. Ular qişki muhitni yaratişga uringanini ta’kidladi, biroq buning uddasidan çiqa olmadi — mehmonlarning hafsalasi pir böldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlardan söng “qorli qişloq” ma’muriyati mijozlarga pullarini qaytarişni taklif qildi va dam oliş maskanining faoliyatini vaqtinça töxtatdi.