Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi qurilishda chiqqan yong‘inda o‘rta osiyoliklar halok bo‘ldilar
Moskvaning shimoli-sharqidagi qurilish maydonchasida o‘rnatilgan vaqtinchalik uychada chiqqan yong‘in oqibatida 6 quruvchi halok bo‘ldi. Bu haqda 6 noyabrda huquq-tartibot idoralari ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, qurbonlar is gazidan zaharlangan bo‘lishlari mumkin. Ma'lum qilinishicha, qurbonlar ushbu uychada yashashgan va o‘rta osiyolik bo‘lganlar.
Taxminlardan biriga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv yoki elektr isitgichning nosozligi sababli yuz bergan bo‘lishi mumkin.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, yong‘in Skladochnaya ko‘chasida yuz bergan. U haqdagi ma'lumot tungi soat 2:25da kelib tushgan. Yong‘in 12 kvadrat metr joyni qamrab olgan. Uni bir necha daqiqa ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Voqea tafsilotlari va halok bo‘lganlar shaxslari aniqlashtirmoqda.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026