O‘zbekiston | 19:50 / 06.11.2017
40876
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent​da propiskasi bo‘lmagan shaxslarga notarial ishonchnoma berishda taqiq yo‘q - Adliya vaziri o‘rinbosari

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turmaydigan shaxslarga ushbu hududdagi mol-mulkdan foydalanish ishonchnomasini taqdim etishda hech qanday taqiq yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamov Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi. 

"So‘nggi paytda shu tarzda murojaatlar ko‘payib qoldi, ta'kidlab o‘tish joizki, qonunchiligimizda bunday taqiq nazarda tutilmagan. Biz masalani chuqur o‘rganib chiqib, mos ravishda aniqlik kiritamiz", deydi vazir o‘rinbosari. 

Shunga qaramay, Toshkent shahrida  ​doimiy ro‘yxatda turmaydigan O‘zbekiston fuqarolari notarial xizmatdan foydalanayotganda turli muammolarga duch kelmoqda. Xususan, yaqin tanishi yoki qarindoshining nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulkdan foydalanish uchun notarial ishonchnoma turli vajlar bilan berilmayapti. 

Shuningdek, vazir o‘rinbosari notarial xizmatdan foydalanishda uchrab turgan ayrim firibgarliklarga barham berilishini bildirdi.

"Joriy yilning so‘ngidan yangi billing tizimini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Bundan keyin notarial xizmat narxlarini belgilashda avtomobil ot kuchi va shu turdagi kalkulyatorlardan qochib, soddagina EKIH (Eng kam oylik ish haqi) da hisoblashni boshlaymiz", deydi u.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid