“AQŞ vizasini olişdan ham qiyinroq edi” – tarixga aylangan Toşkent propiskasi haqida
|16:04 / 12.10.202510 94510 min
Propiska masalasi Toşkent şahri va viloyatini yaqin vaqtgaça davlat içidagi davlatga aylantirib qöygandi göyo: uy sotib olişdagi çeklovlar, davlat işiga kirişdagi muammolar, öz uyida özi ijarada yaşaş, korrupsiya, diskriminatsiya... Boşqa hududdan poytaxtga köçib kelgan yoki uy sotib olganlarning aksariyatida propiska bilan boğliq alamli xotiralar bor. Toşkent propiskasi haqidagi qonun bugun rasman bekor böldi.
Diskriminatsiya va uning tugaşi
Toşkent propiskasi 1999 yil fevral voqealariga borib taqaladi. Ayni şu voqealardan keyin poytaxtga boşqa hududdan kelib propiska qiliş çeklandi. Öşa paytda viloyatliklarga Toşkent şahridan uy sotib oliş, köp ötmay esa boşqa şaxsdan hadya asosida qabul qiliş ham töxtatildi.
Poytaxtga propiskaga qöyiş işlari Toşkent şahri hokimligi qoşida tuzilgan maxsus komissiya qölida edi. Uşbu komissiyaning ijobiy xulosasi bölganlargina içki işlar organlari tomonidan propiska qilinardi. Bu fuqarolarni Toşkent şahriga doimiy röyxatga qöyişda korrupsiyani avj oldirdi. 2010 yilda esa Toşkent viloyatiga propiskaga kiriş ham maxsus komissiya xulosasiga köra mumkin böldi.
2011 yil 14 sentabrda “Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida”gi qonun kuçga kirdi. Aslida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga zid bölgan bu qonun oçiq diskriminatsiyaning huquqiy asosi edi. Qonunga köra, 12 toifadagi fuqarolar Toşkent şahri va viloyatiga propiska qiliniş imkoniyatiga ega bölişdi.
2017 yilga kelibgina davlat va odamlarga foydasidan zarari köp bölgan Toşkent propiskasini bekor qiliş borasida amaliy harakatlarga ötildi: sekin-asta Toşkent şahri va viloyatida propiskaga qöyiş çeklovlarini tarang tortib turgan zanjirlar böşatila boşlandi. Avvaliga vaqtinça yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni işga qabul qilişni rad etiş bilan boğliq amaliyotga barham berildi. Söngra poytaxtda vaqtinçalik propiskasiz böliş muddati uzaytirildi, 2020 yilga kelib Toşkent şahri va viloyatida propiskasiz uy oliş mumkin böldi
Mavzuga oid
.
2023 yil may oyiga kelib 2011 yildagi qonunni bekor qiliş böyiça harakatlar boşlandi. 2025 yil yanvarda Senat yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasi fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida”gi qonun körib çiqilib ma’qullandi, 10 iyul kuni esa davlat rahbari tomonidan imzolandi. Bugun esa mazkur qonun kuçga kirdi va Toşkent propiskasiga oid 2011 yildagi qonun öz kuçini yöqotdi. Şu tariqa, 26 yil oldin boşlangan diskriminatsiya rasman tugadi.
“Propiska qörquvi yaratilgandi”
Ta’kidlaganimizdek, Toşkent şahriga propiskaga kiriş yoki poytaxtdan uy sotib olişdagi çeklovlar köplab muammolarni keltirib çiqargan. Masalan, jurnalist Abror Zohidov Toşkent propiskasiga kiriş uçun boşidan keçirganlarini şunday hikoya qiladi:
“Toşkent propiskasi şunçalik bir dahşatli, yetib bölmaydigan orzu ediki, uni oliş AQŞ vizasini olişdan ham qiyinroq edi. Toşkent propiskasi uçun qiynalib yaşagan minglab odamni taniyman.
Har 6 oyda vaqtinça röyxatga qöyiş maqsadida oilam uçun hujjat yiğardim. Toşkent propiskasiga kiriş uçun 10 yildan ortiq kutganman. Mana, hozir xohlagan payti kiraman, xohlagan payti çiqaman, nima özgardi, tuşunmayman.
Toşkent şahrida doimiy röyxatga qöyiş uçun uy sotib oliş kerak, uy sotib oliş uçun doimiy röyxatga qöyilgan bölişi kerak: imkonsiz variant qilib qöyilgandi. Qança odam öz uyini özining nomiga rasmiylaştirolmasdan muammolar bölib ketdi, qançadan qança oilalar ajraşib ketganini bilaman.
Özim Toşkent propiskasi uçun ota-onamni ajratdim. Ya’ni faqat hujjatda ajrim qilib, otamni boşqa, Toşkent şahrida doimiy röyxatda turgan ayol bilan “ZAKS”dan ötkazmoqçi böldim. Buning uçun öşa ayol 5 ming dollar söragan. Oxirgi lahzada otamning fuqarolik pasporti uyda qolib ketgani uçun bu öxşamay qolgan. Şu pulni berardim, rozi edim, boşqa ilojim yöq edi.
Vasiyatnomalar qildim, keksa odamlar nomiga uylar oldim doimiy röyxatga ötiş uçun, yillar davomida kutdim. Oxiri bir rus millatiga mansub keksa çolning uyini sotib olib, vasiyat qilib, şundan keyin Toşkent propiskasiga kirganman. Buning uçun 10 yil kutdim.
1999 yilda şu tizim yölga qöyilgan. Toşkent haqiqiy bir qörquv şahriga aylanib qolgandi. Köçada IIB xodimi emas, öt öçiruvçini körsak ham qörqadigan bölib qolgandik. Hamma bir-biridan qoçib yurardi. Köçalarda, bozorlarning yonlarida oynasiga panjara örnatilgan avtobuslar doim turardi. Odamlarni yiğib, olib ketardi. Neça marta barmoq izi topşirganman. Nimagadir qayta-qayta tekşiraverardi. “Tozalaş antiterror” deyilardi, lekin faqat propiska tekşirilardi. Hatto oqqonga çalingan bolasini davolatiş uçun kelgan ota-onalarni ham şifoxonalar oldida uşlab olib ketib, jarima qöllardi.
Şu tizim nega yölga qöyilgan, propiska qörquvi nega yaratilgan, haligaça tuşunmayman”.
Şifokor Şermuhammad Umirov ham propiska masalasida qator qiyinçiliklarga duç kelgan.
“1998 yil katta orzular bilan öqişga kirganmiz. Yurakda yaxşi bir olim böliş niyati bölgan. 2005 yil tugatib, 2008 yil magistratura bosqiçiga kirib, bolalar xirurgiyasi va onkologiyasi kafedrasida öqiganman. Keyin ustozlarimizning ilm qil, degan tavsiyalari bilan aspirantura bosqiçiga qabul qilinganman.
Öşa paytda öqişdan taşqari işlaşimiz ham kerak bölgan. Biroq işlaş masalasi oğir bölgan, bunda eng katta tösiq Toşkent şahrida doimiy röyxatda turmaganimiz edi. Qölimizda mutaxassisligimiz bor, bolalar xirurgimiz, lekin oddiy poliklinikada ham propiskang bölmasa işga olmaymiz deb qaytargan. Işga kirolmaganimdan söng oila tebratiş uçun böş vaqtimda kira qilganman.
Toşkent propiskasi uçun turmuş örtoğim bilan kelişgan holda hujjatda ajraşib, Toşkent viloyatida yaşovçi boşqa bir ayol bilan “ZAKS”dan ötganman. Buning ham özi bölmagan, 2 yil vaqtimiz ketgan. Doimiy röyxatdan ötgaç, oradan ma’lum vaqtdan söng yana qayta ajrim qilib, öz turmuş örtoğim bilan qayta nikoh rasmiylaştirganmiz. Iloji yöq, maqsad sari qurbonlik qiliş kerak bölgan, şu qurbonlikni qilganmiz.
Toşkent propiskasidan Juda köp odam jabr körgan: qança odamlar uyidan, qança odamlar puli va mol-mulkidan ayrilgan kimlargadir işonib.
Qançadan qança bilimli döstlarimiz ketib qolgan Toşkentda doimiy röyxatga qöya olmaganidan. Bir döstim bor, zör kardioxirurg, Toşkentga propiskaga kirolmasdan AQŞga ketgan. Öşa yerda qayta öqib, işlayapti, operatsiyalar qilyapti. Yaponiya, Koreya, Germaniya, Angliya, köplab arab davlatlarida işlayapti kursdoşlarimiz: hammasi Toşkent şahrida doimiy röyxatdan ötolmasdan, işga kirolmasdan ketgan. Toşkent şahri işlaş uçun Yevropadan ötgan davrlar bölgan-da.
Mana, bugungi kunda Toşkent şahrini odam bosib ketmadi-ku, yaşayapti, hammaga joy bor. Kerak bölsa, odamlar qişloğidan Toşkentga kelgisi ham yöq”, deydi tibbiyot fanlari doktori Şermuhammad Umirov.
Endi qanday böladi?
Bugun rasman kuçini yöqotadigan qonunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga olinişi lozim bölgan fuqarolarning 12 xil toifasi belgilangan edi. Endilikda bu tartib bekor qilinib, butun Özbekiston hududida yagona qoidalar amal qila boşlaydi.
Bugun kuçga kirgan qonunning 3-moddasiga köra, yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş – ruxsat etiş xususiyatiga ega emas, deb belgilandi. Bu bilan, Özbekiston fuqarolari boşqa joyga köçganda, köçib borgan joyida röyxatda turiş uçun davlatdan ruxsat söraşi emas, balki davlatni xabardor qilişi tartibi joriy etildi.
Qonunga köra, Özbekiston fuqarolari, Özbekistonda doimiy yaşovçi çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar öz yaşaş joyi yoki turgan joyi özgargan taqdirda, yangi yaşaş joyiga yoki turgan joyiga kelgan kundan e’tiboran 10 iş kunidan keçiktirmay, yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötişi şart. Özbekiston fuqarolari yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötiş uçun içki işlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalari yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda, yoxud yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda xabardor qilişi kerak.
Özbekiston fuqarosini yaşaş joyi yoki turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisidagi arizani körib çiqiş muddati 1 iş kunidan oşmasligi zarur. Röyxatdan ötgan şaxsga elektron yoki qoğoz şaklidagi ma’lumotnoma rasmiylaştiriladi. Röyxatdan ötkazişda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya qiliş talab etiladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan bir kişi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam bölmagan umumiy maydon hajmida, örindiqli aravaçada harakatlanadigan nogironlar uçun esa 23 kvadrat metrdan kam bölmagan hajmda belgilanadi.
Albatta, yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötişi çoğida öziga nisbatan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qöllanmaydigan şaxslar röyxati bor. Masalan, yaşaş joyi böyiça röyxatdan ötkaziş çoğida erga yoki xotinga, ota-onalar, farzandlarga, buva, buvi hamda nevalarga, aka-ukalar, opa-singillarga nisbatan bir-birining yaşaş joyi böyiça uy-joy maydoniga ijtimoiy norma qöllanmaydi.