Özbekistonda oxirgi yillardagi yuqori iqtisodiy ösişda – 2018-2019 yillardagi islohotlar, xususan propiska çeklovlarining olib taşlanişi muhim örin tutadi. Bu haqda Nyu York universiteti professori, iqtisodçi Behzod Hoşimov Kun.uz’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

“Bugungi farovonligimiz – öşa yillarda qilingan islohotlar natijasi. Toşkentda propiska oçilişi milliardlab dollar qiymat yaratdi. Minglab, balki millionlab odamlar poytaxtga kelib, daromadini oşirdi”, – dedi u.

Hoşimovga köra, islohotlar bu bilan töxtab qolmasligi kerak. Çunki şaharlar iqtisodiy ösiş va boylikning eng muhim manbasi hisoblanadi.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston hanuzgaça yetarliça şaharlaşmagan mamlakat bölib qolmoqda. Aholining katta qismi qişloqlarda yaşaydi, holbuki zamonaviy qişloq xöjaligida avvalgidek köp işçi kuçiga ehtiyoj yöq.

Professor rivojlangan davlatlarni misol qilib keltirdi. Uning aytişiça, AQŞ – dunyodagi eng yirik qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilardan biri bölsa-da, aholining 2 foizidan kamroği bu sohada işlaydi. Daniyada esa qişloq xöjaligida bandlar uluşi 1 foizdan ham kam.

“Bugungi qişloq xöjaligi avtomatlaştirilgan. Ekin ekiş, hosil yiğiş, parvarişlaş işlarini texnika va robotlar bajaradi. Eski davrdagidek köp qöl mehnati talab qilinmaydi. Şaharlarda esa xizmatlar sohasi uçun işçi kuçi kerak”, – deydi u.

Hoşimovning fikriça, iqtisodiy boylik manbayi – qişloq aholisining şaharlarga köçib, xizmat körsatiş va sanoat tarmoqlarida işlaşidir. Bu jarayon har bir fuqaroning daromadini oşiradi.

U Xitoy tajribasini misol qilib, mamlakatning keskin boyişida urbanizatsiya hal qiluvçi rol öynaganini qayd etdi.

Iqtisodçi Qozoğiston bilan soliştirganda ham Özbekistonda urbanizatsiya darajasi pastligini aytib, bu – katta oçilmagan salohiyat ekanini ta’kidladi.

“Bizda qişloqda past samaradorlikda işlayotgan millionlab odamlar bor. Agar ular şaharlarda xizmat körsatiş yoki işlab çiqarişga ötsa, darhol boyiydi. Şu sababli ularga şaharlar quriş, şaroit yaratiş kerak”, – deydi Behzod Hoşimov.