Jahon | 20:10 / 07.11.2017
6778
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning koinot stansiyasi bo‘laklari Yevropa hududiga qulashi mumkin

Foto: NASA

Yevropa koinot agentligi Xitoyga tegishli Tiangong-1 koinot stansiyasining atmosferada yonib ketmagan bo‘laklari Yevropa Ittifoqi hududiga qulashi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Shu tufayli agentlik koinot stansiyasining tushishi ortidan kuzatuv olib bormoqchi.

“Stantsiya orbitasining geometriyasi sababli uning biror bo‘laklari shimoliy kenglikning 43 gradusidan shimolroqda yoki janubiy kenglikning 43 gradusidan janubroqdagi hududlarga qulashini istisno qilishimiz mumkin”, deb aytgan agentlikning koinot chiqindilarini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i Xolger Krag.

Shimoliy kenglikdan janubroqda esa Yevropaning  Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Bolgariya va Gretsiya kabi davlatlari joylashgan. “Bu esa kema bu kengliklardagi hududlar, misol uchun, Yevropaning bir nechta davlatlari hududiga qulashi mumkinligini anglatadi”, deb hisoblamoqda olim. 

Ta'kidlanishicha, stansiyaning ba'zi bo‘laklari Yer sirtigacha yetib kelishi ehtimoli mavjud. 

Tiangong-1 stansiyasi 12 metr uzunlikka, 3,3 metr diametrga ega bo‘lib, qurilmaning parvoz vaqtidagi og‘irligi 8506 kg ni tashkil qilgan. 2011 yil sentabrida orbitaga olib chiqilgan. YeKA ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy stansiya bilan 2016 yilda aloqani yo‘qotgan. Ayni vaqtda u 300 km  balandlikdagi orbitada harakatlanmoqda. Qurilma 2018 yil yanvaridan martigacha pastlay boshlaydi, martda esa atmosferaning zich qatlamlariga kiradi.   

Mavzuga oid