Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishlayotgan pensioner-shifokorlar pensiyani to‘liq miqdorda oladi
QHTBT portalida Prezidentning «Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, sog‘liqni saqlash sektorini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari Prezidentning 1.04.2017 yildagi PQ-2863-son qarori bilan tasdiqlangan.
Loyiha maqsadlari:
• xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;
• kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun sharoitlarni yaxshilash;
• ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning hajmini kengaytirish;
• xorijiy investitsiyalarni xususiy tibbiyot sohasiga jalb etish.
Nima qilish rejalashtirilmoqda
1. Shifokorlar ish sharoitlarini yaxshilash uchun:
• xorijda tibbiy bilim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash jarayonini soddalashtirish;
• tibbiyot tashkilotlarining ishlayotgan shifokorlari pensiyalarini mulkchilik shaklidan qat'iy nazar to‘liq miqdorda qoplash. Eslatib o‘tamiz, ishlayotgan pensionerlarga tayinlangan pensiyaning 50%i qoplanadi, fuqarolarning alohida toifasi bundan mustasno;
• xususiy tibbiyot tashkilotlarini «Sog‘liqni saqlash» axborot tizimiga qo‘shish, keyinchalik YaIDXPga integratsiyalash.
2. Davlat tibbiyot muassasalari zimmasidagi ish yuklamasini kamaytirish maqsadida:
• davlat davolash profilaktika muassasalarining yordamchi bo‘linmalarini (oziq-ovqat bloklari, kirxonalar, avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish, chiqindilarni utilizatsiyalash va boshqalar) xususiy sektorga o‘tkazish;
• tor doiradagi tibbiy ixtisosliklarning ayrimlarini va faoliyatning asosiy turi bo‘lmagan tibbiy xizmatlarni (laboratoriya xizmatlari, gemodializ bo‘limlari, sterilizatsiya bo‘linmalari va boshqalar) autsorsing shartnomasi asosida xususiy tibbiy muassasalarga o‘tkazish.
Ma'lumot uchun: autsorsing – ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari va vazifalarini shartnoma asosida zarur sohada faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa kompaniyaga topshirish, odatda, uzoq muddatli shartnoma asosida (1 yildan kam bo‘lmagan).
3. Tibbiyot muassasalarining yangilarini yaratish va mavjudlarini rivojlantirish uchun:
• hududlar kesimida kasallanish ko‘rsatkichlari tahlili asosida tibbiyot muassasalarini rivojlantirish bo‘yicha manzilli loyihalarni tasdiqlash va amalga oshirish;
• qurilish uchun yer uchastkalarini hamda foydalanilmayotgan samarasi kam bo‘lgan davlat binolari va inshootlarini “nol” qiymat bo‘yicha taqdim etish.
• amaldagi yuridik shaxslar faoliyatini litsenziyalash hamda tibbiyot va farmakologiya xodimlarini malaka toifalari bergan holda attestatsiyadan o‘tkazish tizimi hisobiga 1.01.2019 yildan boshlab tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish va shifokorlar faoliyatini litsenziyalash tizimini joriy etish.
4. Faoliyat yuritayotgan kadrlar malakasini oshirish va bo‘lg‘usi kadrlarni tayyorlash uchun:
• xususiy tibbiyot muassasalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga xorijga yo‘naltirish;
• xususiy tibbiyot tashkilotlaridan talaba-vrachlar hamda malaka oshirayotgan shifokorlar uchun o‘quv bazasi sifatida foydalanish;
• 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy malakalarni oshirish bo‘yicha tibbiyot kollejlari va tibbiy oliy o‘quv yurtlarining yirik xususiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Moliyalashtirish manbalari
«Asaka bank» ATB huzuridagi nodavlat tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga 14 mln AQSh dollari, har bir hududga 1 mln AQSh dollaridan ajratish rejalashtirilgan. Ulardan:
• 95%i – nodavlat tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga;
• 5%i – yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish va xususiy tibbiyot muassasalari shifokorlarining malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish yo‘lida foydalaniladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
17:59 / 06.05.2026
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi
21:10 / 03.05.2026
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:04 / 20.11.2025
O‘zbekistonda erkak shifokorlar ayol shifokorlarga nisbatan ko‘proq
17:40 / 11.11.2025