Jahon | 13:50 / 07.11.2017
37468
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya qirg‘oqlarida 26 nafar qizning jasadi topildi

Foto: EPA

Italiya qirg‘oqlariga tutash dengizda migrantlar qayig‘ida va uning atrofida 14-18 yoshli qizlarning jasadi topildi. Ular Afrika qirg‘oqlaridan Italiya tomon harakatlanayotganda o‘ldirilganligi taxmin qilinmoqda. Voqea tafsilotlari ma'lum qilinmagan. BBC shu haqida xabar berdi. 

Halok bo‘lgan 23 nafar qizning jasadi rezina qayiqda bo‘lgan, yana 3 nafarining jasadi esa bort tashqarisidan topilgan. Qayiqda jami 64 kishi bo‘lgan. Ispaniyaning "Kantabriya" harbiy kemasi omon qolganlarni topib, ularni qirg‘oqqa yetkazgan.

Ta'kidlanishicha, jami 375 migrant qutqarilgan. Ularning deyarli barchasi Nigeriya, Senegal, Gana, Gambiya va Sudan fuqarolaridir. Shundan 90 nafari ayollar bo‘lib, 8 nafari homilador bo‘lgan, bundan tashqari omon qutqarilganlar orasida 52 nafar bola ham bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid