Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Rossiyada norozilik aksiyalari ko‘payib borayotganiga izoh berdi
Rossiyada norozilik aksiyalari sonining o‘sishi saylovoldi davri bilan bog‘liq. Bu haqda RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti».
Avvalroq Rossiyadagi iqtisodiy va siyosiy islohotlar Markazi ekspertlari mamlakatda joriy yilning uchinchi choragida kuzatilgan, norozilik aksiyalari soni o‘sishi qayd etilgan hisobotni taqdim etishdi.
«Men, afsuski, bu hisobot, ma'lumot bilan yaqindan tanishib chiqmadim. Umuman olganda, albatta, gap saylovlardan avvalgi yil haqida ketmoqda. Yaxshi bilasizki, mamlakatimizda besh oydan so‘ng prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi, jahondagi istalgan davlatda ijtimoiy faollik oshib bormoqda», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning ta'kidlashicha, ayni damda Putinni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlar soni ham ko‘paymoqda, hamda u yoki bu hodisaga og‘riqli munosabatda bo‘layotgan fuqarolardan murojaatlar soni oshgan.
«Bu tabiiy faollashuv, u har gal saylovoldi davrida yuz beradi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Peskov.
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar Markazi hisobotida ta'kidlanishicha, Rossiyada birinchi chorakda 284 ta norozilik aksiyasi qayd qilingan bo‘lsa, ikkinchi chorakda – 378, uchinchisida esa – 445 ta.