Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bo‘ldi
2017 yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligining Maslahatlashuv kengashi (Parlamenti) a'zosi, Saudiya Arabistoni-O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ahmad bin Muhammad Abush al-G‘omidiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qilmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash istiqbollari nuqtai nazaridan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralarda 2017 yil 21 may kuni Ar-Riyod shahrida Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud bilan uchrashuvi O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muloqotini chuqurlashtirish uchun yangi imkoniyatlar ochib bergani qayd etildi.
Uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024