Yashnobodda 300 dollarga 14 gramm marixuana sotgan shaxs ushlandi
2017 yilning 3 noyabr kuni soat taxminan 12:00larda, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Yashnobod tumanida joylashgan qurilish mollari do‘koni oldida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida, fuqaro 1976 yilda tug‘ilgan Sh.N. 300 AQSh dollari miqdoridagi pullar evaziga og‘irligi 14,27 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini sotganligi aniqlanib ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
09:30
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
07:28 / 15.07.2024
Toshkentda aholi yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘ldi
17:10 / 07.06.2024