Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sudi Kataloniyaning mustaqilligi haqidagi deklaratsiyani noqonuniy deb tan oldi
Foto: AR/TASS
Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamenti tomondan 27 oktabrda qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasini qonunga zid, deb tan oldi. Bu haqda El Pais nashri saytida ma'lum qilingan.
Avvalroq 31 oktabrda Ispaniya konstitutsiyaviy sudi Kataloniya parlamenti tomondan qabul qilingan mustaqillik deklaratsiyasini bekor qilishni qo‘llab-quvvatlagani ma'lum qilingandi.
Kataloniya parlamenti 27 oktabrda Ispaniyadan mustaqil bo‘lish deklaratsiyasiga ovoz bergandi. Deklaratsiyaning qabul qilinishiga 70 deputat ovoz bergan, 10 nafari qarshi chiqqan, qolganlari esa unga boykot e'lon qilgan.
Shundan keyin Ispaniya hukumati Kataloniya hukumatini iste'foga ketkazgan va parlamentini tarqatib yuborgan hamda muxtoriyatni boshqarishni o‘z qo‘llariga olgan.
So‘ngra Ispaniya Kataloniya rahbari Kardes Puchdemon va jyeneralitetining maslahatchilarini hibsga olishga qaror qilgan. Shu sababli Puchdemon va uning 4 nafar maslahatchisi Bryusselga jo‘nab ketgan.
Ispaniya Belgiyaga Puchdemonning hibsga olinishiga Yevropa orderini topshirgan. Unga ko‘ra Yevropa Ittifoqiga a'zo istalgan davlat so‘rovni olgandan keyin 60 kun ichida Puchdemonni ekstraditsiya qilishi shart. Madrid shuningdek uning 4 maslahatchisining jo‘natilishini ham talab qilmoqda.
Mavzuga oid
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:22 / 10.12.2025
Ispaniyada RFdan qochgan uchuvchini o‘ldirish ishi bo‘yicha tergov vaqtincha to‘xtatildi
13:24 / 01.12.2025
Madridda Pedro Sanchesga qarshi o‘n minglab kishi norozilikka chiqdi
10:19 / 24.11.2025