Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliya vazirligi Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga har yili 100 million so‘m ajratadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’' 2017 yil 2 oktabrdagi PQ-3306-son qaroriga muvofiq sportchilar, trenerlar va hakamlarning mahorati va malakasini muntazam oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarining yuqori sifatini ta'minlash, shuningdek, “Kurash” milliy sport turini respublika aholisining keng qatlamlari o‘rtasida, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida faol targ‘ib qilish hamda ommalashtirish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Dasturda ko‘rsatilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari unda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan mas'ul ekanligi belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi ikki oy muddatda O‘zbekiston kurash federatsiyasining buyurtmasi va texnik topshirig‘i asosida Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
O‘zbekiston kurash federatsiyasi bilan birgalikda Nukus shahri va viloyat markazlarida 2018-2020 yillarda namunaviy loyihalar asosida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish reja-jadvalini ikki oy muddatda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2018-2020 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish va jihozlash ishlari uchun zarur kapital quyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan har yili 100 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026