Jamiyat | 09:05 / 08.11.2017
7722
3 daqiqa o‘qiladi

“O’zmedeksport” tashqi iqtisodiy davlat korxonasi nomi o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan “O‘zfarmsanoat” DAK a'zolarining konsern mulki va boshqa tovar-moddiy boyliklarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga o‘tkazish bilan uni tugatish to‘g‘risidagi;  

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining: 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O’zmedimpeks” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “O’zmedimpeks” DUK) etib qayta nomlash; 

“O‘zmedlizing” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini “O’zmedimpeks” DUKga davlat ulushi bo‘yicha aksiyador funksiyasini bergan holda operativ boshqaruvga berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi. 

Belgilab qo‘yilishicha, “O’zmedimpeks” DUK: 

moliyalashtirish manbasidan qat'i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari, davlat sog‘liqni saqlash muassasalari uchun tibbiyot texnikalari hamda maxsus tibbiyot avtotransportining yagona yetkazib beruvchisi, shuningdek, ularni saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha agent; 

xalqaro moliya institutlarining kreditlari, grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiyot texnikalari va maxsus tibbiyot avtotransportining xaridi bo‘yicha tender komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. 

Mavzuga oid